Bizning tarix
Qanday qilib boshladik?
Protarjima MCHj 2021 yilda o'z biznesini shakllantirish va professional tarjima xizmatlari ko'rsatish maqsadida tashkil etildi. Biz dastlab kichik loyihalar bilan ishni boshladik, ammo qisqa vaqt ichida mijozlarimiz soni va ishonchi ortib bordi.
Bugungi kunga qadar 1000 dan ortiq buyurtmalarni muvaffaqiyatli bajardik. Texnik hujjatlardan tortib, ilmiy maqolalar, yuridik shartnomalar, tibbiy hujjatlar va veb-saytlar lokalizatsiyasigacha — barcha sohalarda tajriba to'pladik.
Eng muhimi, barcha mijozlarimiz ishimizdan mamnun bo'lib ketgan. Shikoyatlar deyarli yo'q, chunki biz har bir tarjimani tahrirlash va tekshirishdan o'tkazib, xatosiz holatda topshiramiz.
